Glossariy — atamalar lug'ati
Dasturlashda eng ko'p uchraydigan inglizcha atamalar va ularning o'zbekcha qisqa izohi. Inglizcha atama — dunyo standarti, shuning uchun asl shaklini ham bilish kerak.
A
- API (Application Programming Interface) — dasturlar bir-biri bilan gaplashadigan "shartnoma"/interfeys.
- ACID — ma'lumotlar bazasi tranzaksiyasi kafolatlari: Atomicity, Consistency, Isolation, Durability.
- Algorithm (algoritm) — muammoni hal qilishning aniq, qadamli yo'li.
- Async/await — asinxron kodni sinxrondek yozish usuli.
- Authentication (autentifikatsiya) — foydalanuvchi kimligini tasdiqlash (login).
- Authorization (avtorizatsiya) — foydalanuvchi nimaga ruxsati borligini tekshirish.
B
- Backend — server tomoni (ma'lumot, mantiq, DB).
- Big-O — algoritm tezligi/xotirasining kirish hajmiga qarab o'sishi.
- Binary (ikkilik) — 0 va 1 dan iborat sanoq sistemasi.
- Bug — kodatdagi xato.
- Build — kodni ishlatishga tayyor holatga keltirish jarayoni.
- Byte (bayt) — 8 bit; ma'lumotning asosiy birligi.
C
- Cache (kesh) — tez-tez kerak bo'ladigan ma'lumotni tezroq joyda saqlash.
- Callback — keyinroq chaqirish uchun uzatiladigan funksiya.
- CI/CD — avtomatik integratsiya (test/build) va yetkazib berish (deploy).
- Closure — funksiya o'zi yaratilgan scope o'zgaruvchilarini "eslab qolishi".
- Component (komponent) — UI'ning qayta ishlatiladigan mustaqil bo'lagi (React).
- Container (konteyner) — ilovani bog'liqligi bilan o'rab, izolyatsiyalangan ishlatish (Docker).
- CORS — brauzerning boshqa domenga so'rovni cheklash mexanizmi.
- CRUD — Create, Read, Update, Delete — asosiy ma'lumot amallari.
- CSR (Client-Side Rendering) — sahifani brauzerda JS bilan chizish.
D
- DOM (Document Object Model) — HTML sahifaning daraxtsimon ko'rinishi (JS o'zgartiradi).
- Database (ma'lumotlar bazasi) — ma'lumotni tartibli saqlovchi tizim.
- Debounce — tez chaqiruvlarni kechiktirib, faqat oxirgisini bajarish.
- Dependency (bog'liqlik) — loyiha ishlashi uchun kerak tashqi kutubxona.
- Deploy (joylashtirish) — ilovani serverga chiqarib, ishlatishga qo'yish.
- DevOps — dasturlash va operatsiyalarni birlashtiruvchi amaliyot (Docker, CI/CD).
- DI (Dependency Injection) — bog'liqlikni tashqaridan berish (NestJS).
E
- Encoding (kodlash) — ma'lumotni baytlarga aylantirish kelishuvi (UTF-8).
- Endpoint — API'ning aniq manzili (
/users/5). - Environment variable (.env) — koddan tashqaridagi sozlama/maxfiy qiymat.
- Event loop — JS'ning asinxron ishlarni boshqarish mexanizmi.
- Express — Node uchun minimal web framework.
F
- Frontend — foydalanuvchi ko'radigan tomon (UI, brauzer).
- Framework — ilova qurish uchun tayyor tuzilma/qoidalar to'plami.
- Full-stack — frontend + backend ikkalasini biluvchi.
G
- Git — kod versiyalarini boshqarish tizimi.
- GraphQL — mijoz kerakli ma'lumotni so'raydigan API tili.
H
- Hash (xesh) — ma'lumotdan qaytmas, sobit uzunlikdagi "barmoq izi" (parol uchun).
- Hoisting — JS'da e'lonlarning scope tepasiga "ko'tarilishi".
- HTTP/HTTPS — web aloqa protokoli (S — shifrlangan).
- Hook — React funksiyasi (
useState,useEffect).
I — J
- Index (indeks) — DB qidiruvini tezlashtiruvchi tuzilma.
- Idempotent — bir necha marta bajarsa ham natija bir xil bo'lgan amal.
- JSON — ma'lumot almashish formati (
{"key": "value"}). - JWT — imzolangan token (autentifikatsiya uchun).
- JIT — kodni ishlash paytida mashina kodiga kompilyatsiya.
K — L
- Kernel (yadro) — operatsion tizimning markaziy, temirga kiradigan qismi.
- Kubernetes (K8s) — ko'p konteynerni boshqarish (orkestratsiya) tizimi.
- Lazy loading — kerak bo'lganda yuklash (oldindan emas).
- Library (kutubxona) — qayta ishlatiladigan kod to'plami.
- Load balancer — yukni serverlar orasida taqsimlovchi.
M
- Middleware — so'rov–javob orasida ishlaydigan funksiya.
- Migration (migratsiya) — DB sxemasini versiyalangan o'zgartirish.
- Microservice (mikroservis) — tizimni mustaqil servislarga bo'lish.
- Monolith (monolit) — hamma narsa bir ilovada bo'lgan arxitektura.
- Mutation — ma'lumotni o'zgartirish (GraphQL/holat).
N — O
- NoSQL — jadvalsiz, moslashuvchan ma'lumotlar bazasi (MongoDB).
- npm — Node paket menejeri.
- ORM — obyekt DB jadval o'rtasidagi ko'prik (Prisma).
- OAuth — uchinchi tomon (Google) orqali kirish standarti.
- OWASP — web xavfsizlik bo'yicha tashkilot/Top 10 ro'yxati.
P
- Package (paket) — npm orqali o'rnatiladigan kutubxona.
- Payload — uzatilayotgan asosiy ma'lumot (token/so'rov ichidagi).
- Promise — kelajakda tugaydigan asinxron amal.
- Props — React'da komponentga tashqaridan beriladigan ma'lumot.
- PWA — brauzerda ishlovchi, ilovaga o'xshash web ilova (oflayn).
R
- RAM — tez, vaqtinchalik xotira (tok o'chsa o'chadi).
- Rate limiting — so'rovlar sonini cheklash.
- React — UI qurish kutubxonasi.
- Recursion (rekursiya) — funksiyaning o'zini chaqirishi.
- Redis — tez xotirada ishlovchi kesh/ma'lumot bazasi.
- Refactoring — kodni xulqini o'zgartirmasdan tozalash.
- REST — resurs va HTTP metodlariga asoslangan API uslubi.
S
- SaaS — obunaga asoslangan web ilova (Notion, Slack).
- Scope — o'zgaruvchi "ko'rinadigan" hudud.
- SEO — qidiruv tizimlarida yaxshi ko'rinish.
- Server — so'rovga javob beradigan kompyuter/dastur.
- SOLID — toza arxitekturaning 5 tamoyili.
- SQL — relyatsion ma'lumotlar bazasi tili.
- SSR/SSG — serverda chizish / build paytida sahifa generatsiya.
- State (holat) — ilovaning o'zgaruvchan ma'lumoti.
- Stream (oqim) — ma'lumotni bo'lak-bo'lak o'qish/yozish.
T — U
- TCP/IP — internet aloqa protokollari.
- Thread (oqim) — bajarilish yo'nalishi (Node — asosan bitta).
- Token — autentifikatsiya/ruxsat uchun "kalit".
- Transaction (tranzaksiya) — bir necha amalni bitta birlik sifatida bajarish.
- TypeScript — tipli JavaScript.
- Unicode/UTF-8 — barcha tillar belgilari uchun kodlash standarti.
V — W
- Validation (validatsiya) — kirish ma'lumotini tekshirish.
- Virtual DOM — UI'ning xotiradagi nusxasi (React).
- WebSocket — doimiy, ikki tomonlama real-time ulanish.
- Webhook — hodisa bo'lganda boshqa tizimga avtomatik so'rov.
- Worker — fonda og'ir ishni bajaruvchi jarayon/thread.
Bosh sahifa: README · Boshqa: Komandalar, Shpargalkalar, Xatolar.
Izohlar (0)
Izoh yozish uchun kiring.
- Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling!